Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






National Geographic O‘zbekistonni tasvirlovchi 4 ta hikoya suratga oladi
3.09.2020 18:32,  
318

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining mutaxassislaridan iborat jamoa va Kanadaning National Geographic telekanali Rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, sayohat kontentlari bo‘yicha strateg Katerina Solt hamda Sayohat yo‘nalishida hamkorlik bo‘limi direktori Nitu Kemboy o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Ikkinchi marotaba o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda National Geographic mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston turizm salohiyatini ushbu telekanal va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritish bo‘yicha taklif etilgan reja muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: National Geographic telekanali dunyo bo‘ylab juda keng auditoriyaga ega bo‘lib, 172 davlatda o‘z ko‘rsatuvlarini namoyish etadi, shuningdek, telekanalga tegishli bo‘lgan jurnal dunyo bo‘ylab 37 tilda chop etilib, 63 million o‘quvchi ushbu jurnalni doimiy ravishda kuzatib boradi.

Avvalgi uchrashuvda taraflar O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi asosiy davlatlar (Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Ispaniya) va galdagi navbatda turizm mahsulotlarini yangi bozorlarda (AQSh, Kanada, Avstraliya, Braziliya, Polsha, Meksika, Norvegiya) targ‘ib qilish masalasini muhokama qilishdi hamda telekanal xodimlari o‘zlarining statistik ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, telekanal orqali O‘zbekiston turizm imkoniyatlarini targ‘ib qilishda “storytelling approach”, ya’ni hikoya orqali so‘zlab berish yondashuvi ilgari surildi.

Onlayn uchrashuvda yurtimizni tasvirlovchi 4 hikoya va Nat Geo Photocamp (yoshlar orasida fotograflik ko‘nikmalarini oshirish) loyihasi ham muhokama qilindi. Ushbu loyihalarni ikki yil mobaynida amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, birinchi bosqich 2021 yilning bahor oyida hikoyalar bo‘yicha ko‘rsatuvlar suratga olish bilan boshlanib, yil oxiriga kelib National Geographic'ning barcha platformalarda keng omma e’tiboriga havola qilinadi.

Loyihaning ikkinchi bosqichida televideniye va bosma nashrlarda O‘zbekiston turizmiga oid materiallar berib boriladi. Shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali ham targ‘ibot ishlarini olib borish belgilandi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra erishilgan kelishuvlar asosida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ayni damda mazkur loyihalarni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан