Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






NATO ekspertlari O‘zbekiston Milliy gvardiyachilari uchun onlayn o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi
17.09.2020 16:23,  
242

Joriy yil 14-17 sentyabr kunlari Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Turkiya Respublikasining Anqara shahrida joylashgan Terrorizmga qarshi kurashda Shimoliy Atlantika Hamkorlik Tashkiloti (NATO)ning ilg‘or tajribalar markazi (COE-DAT) tomonidan videokonferensiya shaklidagi «Terrorizmga qarshi kurash» mavzusida onlayn kursi tashkil etildi.

Ingliz tilida olib borilgan mazkur xalqaro o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan Milliy gvardiya mutaxassislari terrorizmning turli xildagi shakllari, tashkil etish sabablari, maqsadlari va bugungi kundagi ularning strategiyasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda xalq va armiya o‘rtasidagi aloqalarni samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishdi.

Onlayn kursda NATOning Siyosiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha mutaxassis Gabriyel Gaskon, Bristol universiteti professori Nikolas Rayder, Buyuk Britaniyaning Xalqaro nizolarni tadqiq qilish markazi mutaxassisi Xarmoni Toros, NATOning Terrorizmga qarshi kurashda ilg‘or tajribalar markazi professori Ug‘ur Gungor kabi bir qator yetakchi ekspertlar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi.

Ushbu kursda ishtirok etgan Milliy gvardiya mutaxassislari 3 kunlik o‘quv ma’ruzalari yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан