Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navalniy Peskovni sudga berdi
17.11.2020 02:57,  
186

Aleksey Navalniy Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovni sudga berdi. Bu haqda «Kommersant’» nashri yozmoqda.

Xabar qilinishicha, da’vo ishi 16 noyabr kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari portalida e’lon qilingan. 

Ma’lumot berilishicha, da’vo arizasi sudyaga kelib tushgan. Arizani kim ko‘rib chiqishi xabar qilinmagan.

 Peskov oktyabr boshida Navalniy bilan AQSh markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari ishlayotgani, unga allaqanday ko‘rsatmalar berishayotganini aytgandi. 

 Shundan so‘ng Navalniy prezident matbuot kotibini sudga bermoqchi ekanligini aytgandi. U shuningdek, o‘zining Amerika maxsus xizmati bilan ishlashi to‘g‘risida dalil ko‘rsatilishini talab qilgandi.  

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda o‘zini yomon his qilgan va samolyot Omsk shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga tushgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Sharite» klinikasiga olib ketilgach, 7 sentyabrgacha koma holatida bo‘ldi. Keyinchalik oyoqqa turgan Navalniy o‘zining zaharlanishi shaxsan Vladimir Putinning topshirig‘i bilan amalga oshirilganini aytgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан