Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navalniy Rossiyaga qaytayotganligini ma’lum qildi
13.01.2021 16:28,  
141

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ushbu hafta oxirida Rossiyaga qaytishini ma’lum qildi.

"Mening oldimda "qaytsammi-yo‘qmi" degan savol hech qachon turmagan. Chunki men ketganim yo‘q. Men reanimatsiya qutisida ketib Germaniyada paydo bo‘lib qoldim. 17 yanvar, yakshanba kuni uyga qaytaman. Kutib oling", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda o‘zini yomon his qilgan va samolyot Omsk shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga tushgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Sharite» klinikasiga olib ketilgach, 7 sentyabrgacha koma holatida bo‘ldi.

Keyinchalik oyoqqa turgan Navalniy o‘zining zaharlanishi shaxsan Vladimir Putinning topshirig‘i bilan amalga oshirilganini aytgan. Navalniy shifoxonadan 23 sentyabrda chiqdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан