Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Navbahor» muxlisi «So‘g‘diyona» bilan o‘yindan so‘ng avtohalokatga uchradi
15.03.2021 11:25,  
387

«Navbahor» futbol klubi muxlisi Azizbek Xolmatov Namangan «Markaziy» o‘yingohida bo‘lib o‘tgan Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan uchrashuvdan so‘ng uyga qaytishda avtohalokatga uchrab, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Hodisa 2021 yil 9 mart kuni Norin tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda hodisaning bevosita ishtirokchisi bo‘lgan Azizbekning qarindoshi Alisher Boymatov shunday hikoya qiladi:

— Bu uchrashuvga uch kishi bo‘lib borib, ikki kishi bo‘lib qaytdik. Men, Azizbek va Shuhrat degan do‘stimiz. «Navbahor»ning Namangandagi o‘yinlarini qoldirmasdik, Toshkent, Andijon va Farg‘onaga ham birga borardik. O‘sha kuni o‘yin tugaganidan so‘ng qornimiz och qolgani uchun Norinkapadagi choyxonaga to‘xtab, shashlik buyurtma qildik. Bittadan yeb, hali ikkinchisini olishga ulgurmay, Azizbekning telefoni jiringlab qoldi. U tashqariga chiqib ketdi, birozdan so‘ng nimaningdir qattiq ovozi eshitildi. Kimdir «avariya bo‘ldi» deb qoldi. Shoshilib tashqariga chiqdik. Azizbekni qidirdik, telefoniga qo‘ng‘iroq qildik, javob bermaydi. Mashina kimni urib ketganini bilmaymiz. Bir payt yo‘l chetida turgan krossovkaga ko‘zim tushib qoldi. Stadionga borganimizda Azizbekka krossovkam siqayotganidan shikoyat qilganimda shu oyoq kiyimini ko‘rsatib, qulayligini maqtagan edi... Kasalxonaga yetib borganimizda uning joni uzilgan ekan, — deydi Alisher Boymatov.

Norin tuman IIB mutasaddilariga ko‘ra, 9 mart kuni kechki payt Cho‘ja—Haqqulobod yo‘lining to‘rtinchi kilometrida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi Azizbek Xolmatovni urib yuborgan. U bosh miya shikastlanishi, chap oyoq sinishi va boshqa tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan, biroq saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Azizbek Xolmatov 38 yoshda bo‘lib, Norin tumanidagi «Sho‘rariq» mahallasida tug‘ilib o‘sgan, oilada yolg‘iz o‘g‘il edi. Undan uch nafar qiz farzand qoldi.

Alisher Boymatovning aytishicha, Azizbekni tanigan-bilgan muxlislar «Navbahor»ning kecha Toshkentda «Lokomotiv» ustidan qozongan g‘alabasini uning xotirasiga bag‘ishlamoqda. Shuningdek, Namangan klubining 19 mart kuni «Nasaf» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yini oldidan bir daqiqa sukut e’lon qilinishini mutasaddilardan so‘rab qolishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан