Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navbat Buyuk Britaniyaga. Qo‘shma qirollik ham o‘z fuqarolarini Ukrainadan olib ketmoqchi
12.02.2022 09:26,  
152

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi hozirda Ukraina hududida bo‘lgan mamlakat fuqarolari Rossiyaning ehtimoliy tajovuzkorligidan qo‘rqib, uni imkon qadar tezroq tark etishi kerakligini aytdi. Avvalroq, AQSh rasmiylari ham xuddi shunday tavsiya bilan chiqqan va boshqa ko‘plab davlatlar, jumladan Isroil, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari ham ulardan o‘rnak olgan holda o‘z fuqarolarini ortga qaytargan edi. G‘arb matbuoti Qo‘shma Shtatlar prezidenti  allaqachon Ukrainaga bostirib kirishga qaror qilgan, deb hisoblaydi, biroq Oq uy bu ma’lumotni tasdiqlamayapti.

AQSh prezidenti Jo Bayden payshanba kuni kechqurun NBC telekanaliga bergan intervyusida “AQSh fuqarolari hoziroq chiqib ketishi kerak”, dedi. "Biz dunyodagi eng katta armiyalardan biri bilan kurashmoqdamiz. Ishlar juda tez o‘zgarib ketishi mumkin", degan edi.

Keyinroq Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli ham kanadaliklarni Ukrainani zudlik bilan tark etishga chaqirdi. O‘z fuqarolariga xuddi shunday qo‘ng‘iroqlar Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumatlari tomonidan ham qilingan.

Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlari Rossiya Ukraina chegaralarida misli ko‘rilmagan ko‘p sonli qo‘shin to‘plagani va har qanday vaqtda bosqinga kirishishi mumkinligini aytishmoqda. Moskva Ukrainaga harbiy bostirib kirish rejasi yo‘qligini, rus qo‘shinlarining o‘z hududida harakatlanishi hech kimni bezovta qilmasligini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari G‘arbdan “xavfsizlik kafolati” deb ataydigan xujjatlarni talab qilmoqda. Shimoliy Atlantika ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar bu talablarni qabul qilib bo‘lmas deb atadi.

Shanba oqshomida Bayden va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilishi ma’lum bo‘ldi: Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni buni so‘ragan. Bundan tashqari, shu kuni Rossiya prezidenti Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan yana gaplashadi. Avvalroq ular Moskvada deyarli olti soatlik uchrashuv o‘tkazgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан