Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiy shahrining barcha hududi bepul WiFi bilan qamrab olinadi
30.06.2020 20:57,  
183

2020 yil 30 iyun kuni Navoiy shahrida Navoiy viloyati hokimligining tashabbusi hamda «Sensorika» MChJ tomonidan tomonidan o‘ziga xos loyiha amalga ish boshladi. Bu haqda Sof.uzga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining grant loyihasi asosida joriy etilayotgan mazkur loyiha  mamlakatimiz, qolaversa, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lib, aynan Navoiy shahrida amalga oshirilmoqda va natijada shaharning barcha hududlarini yagona markazlashgan bepul WiFi tarmog‘i bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Hotspot dasturi O‘zbekistonda WiFi tarmoqlarni boshqarish innovatsion server dasturi bulib, turistik ob’yektlar, davlat tashkilotlari va tadbirkorlik ob’yektlarida simsiz tarmoqni boshqarish imkonini beradi.

Dasturning server qismi yordamida mijozlarni WiFI tarmoqga SMS orqali ulash va identifikatsiya qilish va ularga turli ma’lumotlar xamda reklama ko‘rsatish orqali internetga kirish uchun ruxsat berish tizimi hisoblanadi.

Loyihaning ishga tushirilishi jarayonida Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov ishtirok etib, shaharni WiFi tarmog‘i bilan ta’minlashni boshlaydigan ramziy pult bilan start berdi.

Dasturni moliyalashtirish ishlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytgacha loyiha doirasida Latviyaning Mikrotik kompaniyasidan 218 million so‘mlik WiFi qurilmalari olib kelindi.

Bugun ushbu loyihaning dastlabki bosqichi ishga tushirildi va Navoiy shahrida 150 dan ortiq nuqtalarga zarur texnik uzatma moslamalari (routerlar) o‘rnatildi.

Ushbu jarayon joriy yil oxiriga qadar davom etadi. Navoiy shahrida 400 ta mana shunday moslamalar o‘rnatiladi hamda 6-10 kilometr radiusda butun shahar bo‘ylab WiFI tarmoqlari ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан