Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiy va Surxondaryo hokimlari Toshkentda koronavirusdan davolanib, o‘z ishlariga qaytdi
17.08.2020 13:12,  
77

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toshkent shahrida koronavirusdan davolanib, to‘liq sog‘aydi hamda o‘z faoliyatni davom ettirishga kirishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qobul Tursunov viloyat hokimligining mas’ul xodimlari – hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar bilan dastlabki yig‘ilish o‘tkazgan.

–Xususan, pandemiyani jilovlash jarayonlarida birinchi navbatda aholi salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, har tomonlama murakkab sharoitda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning barcha bo‘g‘inlarida barqaror ish tizimini ta’minlashda mavjud kuch va imkoniyatlarni to‘laqonli safarbar etish davr talabidir, – deya ta’kidladi Q.Tursunov.

Shuningdek, kecha Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham Toshkent shahrida koronavirusdan davolanishdan so‘ng butkul sog‘ayib, vohaga qaytdi.

T. Bobolov Termiz xalqaro aeroportida viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazib, vohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda boshqa zarur masalalar xususida atroflicha fikr almashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан