Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiy viloyatida 35 kishidan koronavirus infeksiyasi aniqlandi
4.06.2020 17:04,  
483

2020 yil 4 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3909 (+35) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 8 nafari esa (6 nafari Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida) aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3082 (+68) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 811 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан