Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiy viloyati AQShning Nebraska shtati bilan birodarlashdi
3.05.2019 12:24,  
9

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vaxabov mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi regioni bo‘lgan Nebraska shtatiga ishchi safarni amalga oshirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Nebraska gubernatori Pit Riketts bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Navoiy viloyati va Nebraska shtati o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Shuningdek, tomonlar Riketts boshchiligida shtat savdo missiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish masalasini ham muhokama etganlar.

Shuningdek, ishchi safar davomida Omaxadagi Nebraska universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra almashinuv dasturlari, hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro munosabatlar, iqtisod va jurnalistika, biznes boshqaruvi, bank ishi va marketing sohalarida ikki diplom tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан