Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
13.05.2020 16:38,  
107

Dushanov Yashin Ravshanovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yashin Dushanov 1979 yil Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Ya.Dushanov bugunga qadar bir qator davlat organlarida, jumladan, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.  Shuningdek 2013-2016 yillarda  Davlat raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016 yildan buyon esa Navoiy viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан