Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi “Eng yaxshi aeroport – 2020” tanlovi g‘olibi bo‘ldi
5.03.2021 22:15,  
103

Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar berdi.

Qariyb, 30 yildan beri nodavlat va notijorat  “Aeroport” assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovda hamdo‘stlik davlatlaridagi barcha aeropotlar qatori Navoiy xalqaro aeroporti ham 2012 yildan buyon ishtirok etib, jami 8 marotaba mukofot sohibiga aylangan.  

Pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo‘lovchi va yuk tashishda faollik ko‘rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan mazkur havo darvozasi ishchi-xodimlarining mehnati hay’at a’zolari tomonidan alohida e’tirof etildi.  

Aeroportning yil davomida moliyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshirgan ishlari, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi tanlov shartlariga ko‘ra, munosib baholandi. “Aeroport” assotsiatsiyasining Faxriy yorlig‘i hamda Kubogi tantanali ravishda topshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан