Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda 16 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol ushlandi
6.11.2021 10:29,  
519

Navoiy viloyatida ayol o‘z xonadonida qizlarni saqlab, odam savdosi, fohishalik va qo‘shmachilik jinoyatlarini sodir etib yurgani aniqlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion-dasturida xabar qilindi.

Ta’kidlanishicha, Navoiy shahrining Nizomiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashaydigan 1982 yilda tug‘ilgan ayol qizlarning ikki nafarini 1 sutkaga har birini 1 million so‘mdan yaqin aloqada bo‘lish uchun sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Dastlabki tergovga qadar tekshiruvlar natijasida qo‘shmachi ayol 2005 yilda tug‘ilgan qizlardan birini voyaga yetmaganini yashirishi uchun mijozlariga 2000 yilda tug‘ilgan deb aytib, bir yil davomida doimiy ravishda har bir mijoziga 1 million so‘mdan 2 million so‘mgacha jinsiy maqsadda sotib kelgan. Biroq qizlarning o‘ziga pul bermasdan, faqatgina ularni ta’minlab kelgan.

Qo‘shmachi ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan. “Operatsiya bo‘lganimdan keyin hech qayerda ishlolmadim. Juda ham pushaymonman”, deydi ayol.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi (voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан