Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda 20 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab joniga qasd qildi
5.04.2021 23:06,  
870

Navoiy viloyati Navbahor tumanida 2 aprel kuni 20 yoshli qiz Zarafshon daryosiga o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2 aprel kuni Navbahor tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan D.A. Karmana tumani hududidagi ko‘prikdan o‘zini Zarafshon daryosiga tashlagan. Karmana tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, «Qizilqum» Geologiya qidiruv korxonasi ishchisi bo‘lgan Sh.P. uni qutqarib qolmoqchi bo‘lib, ortidan suvga tushgan. Oqibatda ikkisi ham cho‘kib, vafot etgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otryadi yetib borgan. Soat 15:25 da cho‘kib ketganlarning murdasi topilib, suvdan olib chiqilgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан