Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda 23 kunlik chaqalog‘ini masjid oldida sotib yuborgan ayol ushlandi
12.06.2020 16:58,  
1354

2020 yilning 3 iyun kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro 22 yoshli N.Yo. o‘zining 2020 yil 11 mayda tug‘ilgan 23 kunlik chaqalog‘ini sotib yuborgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, N.Yo. Navoiy shahrida yashovchi fuqaro N.I.ga 3.000.000 so‘mga chaqalog‘ini sotgan va kelishilgan pullarni Navoiy shahridagi «Navoiy» jome masjidi yonida olgan vaqtida, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.Yo.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан