Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va uch nafar qizining joniga suiqasd qildi
24.03.2021 09:41,  
691

Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi «Sovungar» mahallasida yashovchi ayol o‘zi va uch nafar qizining joniga suiqasd qildi. Ayni paytda suiqasd sababi aniqlanmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 21 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan viloyatning Navbahor tumanidagi «Sovungar» MFYda yashovchi 31 yoshli ayol 2013, 2016 hamda 2018 yilda tug‘ilgan qiz farzandlarini Navoiy shahridagi dam olish maskaniga olib borgan va ular bilan sayr qilgan. Biroq dam olishdan qaytayotgan ayol kutilmagan qarorga kelgan. Va o‘zi va uch nafar farzandini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilgan. Qizlar omon qolgan, ona esa vafot etgan.

Voqea sodir bo‘lishidan oldin onasining kutilmagan xatti-harakatidan bezovtalangan 2013 yilda tug‘ilgan katta farzandi uning qo‘lidan chiqib ketgan.

«Ayolning ikki nafar qizi esa o‘zining qo‘lida qolgan. Sodir bo‘lgan mudhish holat tufayli 2016 yilda tug‘ilgan qiz boshidan tan jarohati olgan va ayni paytda shifoxonada. 2018 yilda tug‘ilgan qiz ham baxtli tasodif tufayli omon qolgan. Ona esa shifoxonaga olib ketilgan va olgan og‘ir tan jarohati tufayli o‘sha yerda vafot etgan. Marhumning nega bu qotillikni sodir etgani keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi. Biroq onaning o‘limi hamon mavhumligicha qolmoqda», — deydi O‘ktam Usmonov.

Navoiy viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB vakillari hamda tuman mas’ul xodimlari tomonidan «Sovungar» MFYda bo‘lib o‘tgan muhokamada marhuma yashab kelgan xonadon ibratli va namunali oila ekani ta’kidlangan.

Muhokama paytida aniqlanishicha, u bayram kuni qaynatasi va boshqa oila a’zolari bilan tomorqada bayramona kayfiyatda ishlagan.

«Sovungar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari Zumrad Roziqovaga ko‘ra, fuqaro Sh.Ch. bir gapirib, o‘n kuladigan, qaynanasi bilan ham ona-yu qizdek bo‘lib yashashganiga mahalla-ko‘y havas qilib kelgan.

Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tegishli tartibda tekshiruv harakatlari va tahlillar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан