Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda aybini yopish uchun IIO xodimiga $300 taklif qilgan shaxs ushlandi
24.10.2021 14:20,  
58

IIV Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Zarafshon shahar YPX maskanida M.B boshqaruvidagi Nexia to‘xtatilib tekshirilganda, 12 dona qopga solingan tarkibida tilla zarrachalari bo‘lgan toshlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Shundan so‘ng, M.B aybini berkitish maqsadida hujjatlarni yo‘q qilish uchun JQB xodimiga 300 AQSh dollari pora berishni taklif qilgan.

Tezkor xodimning arizasiga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbir davomida M.B pullarni jinoyat qidiruv bo‘limi xodimiga berayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан