Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda bank xodimlarining ayanchli o‘limi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi
10.11.2021 00:16,  
580

Joriy yilning 6 noyabr kuni Xalq bankining Navoiy viloyati Nurota filialining uch nafar xodimi YTH oqibatida vafot etgandi.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqda marhumlar yuqori turuvchi rahbarlar bergan topshiriqlarni bajarish uchun dam olish kunida ishga chiqishga majbur bo‘lgani hamda shu kuni ertalabdan viloyat filialidagi norasmiy yig‘ilishga chaqirilgani, lekin, o‘rtada biror-bir rasmiy xat yoki dam olish kuni ishga chiqish va mehnat majburiyatlari bilan shug‘ullanish haqida buyruq yoki qaror bo‘lmagani haqida xabarlar tarqaldi.

Mehnat vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan maxsus tekshiruv o‘tkazish komissiyasini tuzish bo‘yicha bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i tayyorlandi. O‘rganish ishlari 15 kun muddat ichida olib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан