Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia ag‘darilib ketdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan
17.08.2021 20:00,  
339

Navoiyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Nurota tumani markaziga harakatlanayotgan Nexia avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. YTH oqibatida mashina ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

«Avariya sodir etilgan joydagi yo‘l qoplamasida kamchiliklar mavjud emas, yo‘l chiziqlari va yo‘l belgilari to‘liq o‘rnatilgan. 2021 yil bahorda o‘tkazilgan ko‘rik natijalariga ko‘ra, tegishli mutasaddi va tashkilotlarga kamchiliklar yuzasidan taqdimnomalar berilgan», — deydi Nurota tuman IIB YHXG katta inspektori Murodillo Jo‘rayev.

Holat yuzasidan Nurota tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан