Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda Damas va DAF to‘qnashuvida 4 kishi vafot etdi, Jizzaxda Spark ag‘darildi
9.12.2021 08:36,  
116

Navoiyda Damas va DAF to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi vafot etdi.

Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida 2021 yilning 7 dekabr kuni Damas avtomashinasi Zarafshon–Navoiy yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan DAF yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas’da bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Tez tibbiy yordam orqali olib ketilgan yana ikki nafar yo‘lovchi ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda Spark ag‘darildi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Ravot» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan Jizzax–Zomin 4R-37 yo‘lining 6-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Zomin tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.J. ixtiyoridagi Spark boshqaruvini yo‘qotgan va avtoulov yo‘ldan chiqib, ag‘darilgan.

Oqibatda haydovchi bosh miya jarohati va hamkor jarohatlar tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Zominda Damas va «Jiguli» to‘qnashdi.

Jizzax viloyati Zomin tumani «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tgan yo‘lda Peshag‘or qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Q. boshqaruvidagi «VAZ-2106» Toshkent viloyati Olmaliq tumani Ozodlik qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.Q. boshqaruvidagi Damas’ga to‘qnashgan.

Oqibatda «VAZ-2106» haydovchisi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap tizza qopqog‘ining yopiq sinib, siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан