Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda Hindistonning “Delhi world school” maktabi ochiladi
19.06.2020 11:55,  
59

Hindistonlik investor loyihasi Navoiy viloyati hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, mashhur “Delhi world school” xususiy tayyorlov maktabini qurish ishlariga ruxsat berildi. Mazkur ta’lim dargohi uchun viloyat Tabiatni muhofaza qilish boshqarmasining bo‘sh turgan binosi ajratib berildi.

Maktabda o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Mavjud binoda 200 o‘ringa mo‘ljallangan 30 ta o‘quv xonasi tashkil qilinib, milliy qadriyatlar asosida jihozlanadi. Asosiy e’tibor bolalarning ruhiyatidagi ko‘tarinkilik va bilimlar dunyosidagi ilk qadamlarini mustahkamlashga qaratiladi. Ushbu maktabning boshqa xususiy maktablardan farqli tomoni ta’limning«Edumatters», ya’ni ta’lim va amaliyot tizimi asosida tashkil etilishidir.

Xalqaro xususiy maktabdagi fanlar Hindistonning yuqori malakali o‘qituvchilari ishtirokida, ingliz tilida (O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va adabiyoti bundan mustasno) olib boriladi.

Maktabga o‘quvchilar suhbat asosida, iqtidori va imkoniyati doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

Ayni kunda 2020/2021 o‘quv yili uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini 4-5-6 yoshli bolajonlarni o‘qishga qabul qilish bilan boshlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан