Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda fuqaroning uyidan xavfli ilon turi topildi (foto)
23.07.2019 20:11,  
307

Navoiyda fuqaroning uyidan xavfli ilon topildi. FVV xabariga ko‘ra, 22 iyun kuni soat Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga G‘alaba shohko‘chasida istiqomat qiluvchi A.A tomonidan uyida ilon ko‘rganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Mazkur murojaat yuzasidan ilon chaqishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatning oldini olish maqsadida, navbatchi guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan.

Qayd etilishicha, qutqaruvchilar  xonadonni sinchkovlik bilan tekshirib chiqishgan va fuqarolar hayotiga xavf soluvchi ilonni topishgan.

Shundan so‘ng ilon aholi punktidan uzoqroq bo‘lgan joyga qo‘yib yuborildi. Xonadon egalariga mutaxassislar tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан