Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda giyohvandlar yig‘iladigan bangixona aniqlandi
17.04.2020 19:27,  
1025

Navoiy viloyatida 2020 yilning 7 aprel kuni soat 15:30 da viloyat IIB va Navoiy shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, tadbirda Navoiy shahar Navoiy ko‘chasida yashovchi 48 yoshli A.S 3 nafar tanishlariga qo‘lbola usulda tarkibida “Opiy” giyohvandlik vositasi mavjud bo‘lgan “Dizomorfin” (krokodil) giyohvandlik moddasini tayyorlab, iste’mol qilganliklari aniqlangan. Shuningdek, u o‘zining yashash uyida giyohvandlik moddasini iste’mol qilish uchun sharoit yaratib bergan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

“Ushbu xonadon ko‘zdan kechirilganda kora rangli paketda “Kodeks, “Analgin” “Demidrol” dori vositalarining bo‘sh qutilari, “spichki” nomli gugurt bo‘sh qutilari, oshxonada 2 dona ichida sarg‘ish rangli modda qoldiqlari bo‘lgan temir idishlar, shuningdek, 10 mg, 0,5 mg va 0,2 mg ichida qon dog‘lariga o‘xshash modda qoldiqlari bo‘lgan shpritslar va 5 dona qonga o‘xshash dog‘lari bo‘lgan tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan“, — deyiladi Tergov departamentining xabarida.

Holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO va FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан