Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda jayron ovchilariga 3 yillik ozodlikni cheklash jazosi qo‘llandi
30.04.2020 13:03,  
291

Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan 2019 yil kuz mavsumida Tomdi tumani cho‘l hududida tezkor reyd tadbirlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Tadbir davomida Tomdi tumanida yashovchi fuqarolar Z.A. hamda A.A. lar “Qizil kitobi“ga kiritilgan 2 bosh Jayron hamda 3 bosh yovvoyi quyonlarni noqonuniy ravishda ovlaganligi aniqlandi.

Ovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ushbu holat yuzasidan 2020 yil 15 aprel kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Zarafshon shahar sudining ochiq sayyor sud majlisida A.Z va A.A larning sud ishi bo‘lib o‘tdi.

Sud hukmiga ko‘ra, yetkazilgan zarar bo‘yicha Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga javobgarlardan 68 907 000 so‘mni undirishni lozim topildi va ov qilish bilan bog‘liq vositalar mototsikl, ov quroli davlat hisobiga musodara qilindi hamda 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан