Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda koronavirusga chalingan bemor qolmadi
16.02.2021 09:15,  
120

Navoiy viloyatida koronavirus, pnevmoniya va boshqa belgilar bilan  bemorlarni davolashga mo‘ljallangan oxirgi markaz ham yopildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Kecha, 14 fevral kuni Navoiydagi COVID-19 infeksiyasiga chalingan oxirgi bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgan. Shu bois mazkur kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun o‘z faoliyatini olib borgan viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasi o‘z ishini yakunlab, yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini boshladi. Shunday qilib, viloyat koronavirus infeksiyasidan xoli xududga aylandi. 

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur jarayonlarda xizmat qilgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан