Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda koronavirusga chalingan so‘nggi bemor ham tuzaldi
4.05.2020 13:55,  
209

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Navoiy viloyati ham koronavirus infeksiyasidan holi hududga aylandi. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatiladi.

Sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. Koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Endilikda Navoiy viloyati ham barcha bemorlar butunlay sog‘ayib, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari qatori koronavirusdan holi uchinchi hududga aylandi. Ushbu muvaffaqiyatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1328 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан