Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda Makro savdo majmuasi yonib ketdi (foto)
17.03.2020 16:31,  
732

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyatidagi Makro savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

2020 yilning 17 mart kuni soat 14:15 da Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahridagi Makro savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi. 

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida majmuaning tashqi va bufet qismida 150 kv.m maydoni yongan. Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga boshqarmaning 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan. Yong‘in-qutqaruv guruhining olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 14:35 da to‘liq bartaraf etilgan va 2130 kv.m. maydoni alangadan saqlab qolingan.

Hozircha, yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar qayd etilmagani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан