Navoiy erkin iqtisodiy zonasida yaqin kunlarda “Navoiy – motors” O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi barpo etiladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu loyihada Xitoy “Oshan” brendi avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilgan.
– Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yo‘l tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz, – deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri. – Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilayotgan zavodning barqaror ishlashi uchun soliq va bojxona imtiyozlarining yaratilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda.