Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda oltin qazib olish vaqtida 4 kishi qum ostida qolib halok bo‘ldi
17.11.2021 18:55,  
151

Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshonda oltin qazish niyatida bo‘lgan 40−50 kishini qum bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, dastlabki surishtiruv davomida 40−50 kishining qum bosib qolganligiga oid ma’lumot o‘z isbotini topmadi.

Aslida 13 noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani «Karakata» OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqaro tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан