Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda pandemiyaga qarshi kurashish uchun ajratilgan 200 milliondan ortiq pullar talon-taroj qilindi
30.05.2020 14:51,  
2497

Navoiy viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdor shaxslari inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222,3 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larini maqsadli sarflanishi o‘rganilganda, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Xususan, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamg‘arma tomonidan ajratilgan 5 mlrd so‘m mablag‘larning bir qismini talon-toroj qilish maqsadida, «T.» va «I-P.» MChJdan kimyoviy dizenfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarshi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilishib, jami 222,3 mln so‘mni rastrata qilish yo‘li talon-toroj qilib, davlat byudjetiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari, «T.» va «I-P.» MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан