Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda qator ichki ishlar xodimlari ishdan bo‘shatildi
7.02.2020 12:42,  
551

Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

Unda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov, viloyat hokimi Qobul Tursunov, viloyat va shahar-tuman sektor rahbarlari, jumladan, ichki ishlar, prokuratura, soliq, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun mas’ul bo‘lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik va beparvolik bilan yondashib, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun Navbahor tumani IIB boshlig‘i Sh.Ismatov, Tomdi tumani IIB boshlig‘i B.Bozorov, Qiziltepa tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Adizov, Xatirchi tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Ismatov, Xatirchi tumani profilaktika inspektorlari A.Amontoshev va Sh.Oblayevlar, 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Suvonov, 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Latipov egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi. Shuningdek, bir qator xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor 2019 yil davomida va joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga qaratilib, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli muhofazalash, yoshlar ishtirokidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilingan.

Uchrashuv yakunida so‘z olgan viloyat hokimi yig‘ilishda ta’kidlangan kamchiliklar yuzasidan fikr bildirib, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha yo‘l xaritalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан