Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda ta’lim sifati past bo‘lgan 26 ta maktab direktorlari ishdan olindi
3.12.2020 13:48,  
183

Navoiy viloyatida past ko‘rsatkichli maktab direktorlari jazolandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, hamda 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lum qilinishicha, tuman va shaharlarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 106 nafar maktab direktori 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Avvalroq Sherzod Shermatov boshchiligidagi yig‘ilishda birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan Qashqadaryodagi 20 ta maktab direktorlari ishdan olingan, shuningdek, o‘quvchilari OTMga kira olmagan maktablar soni 2020 yilda 3 barobarga kamaygani ma’lum qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан