Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda yigit uylanishni va’da qilib, qizning taqinchoqlari va pullarini o‘g‘irlab ketdi
19.02.2021 10:07,  
233

 2021 yilning 14 yanvar kuni soat 11:30larda Navoiy viloyati Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga 21 yoshli Jasurbek T., harbiy ust-bosh kiyimda kelib, hamshira bo‘lib ishlovchi 24 yoshli Nilufar N., bilan yaqindan tanishib, unga uylanishini lekin onasi og‘ir betob bo‘lib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi uchun pul kerakligini, pullarini 3 kun ichida qaytarib olib kelib berishini va’da qilib, unga tegishli jami narxi 4 950 000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini va hisobida 510 ming so‘m puli bo‘lgan plastik kartasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmasdan hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Mazkur holat Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi  tomonidan Jasurbek T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida Jasurbek T., muqaddam firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari uchun sudlanib, hech qayerda ishlamasligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан