Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda yirik miqdordagi mablag‘lar talon-taroj qilingani aniqlandi
3.03.2020 20:47,  
869

Navoiyda “Obodonlashtirish” boshqarmalari rahbarlarining 3,6 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Xabarda yozilishicha,  o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda  Navoiy shahar va Karmana tumani “Obodonlashtirish” boshqarmalari mansabdorlari sheriklari bilan til biriktirib, “P.Service”, “N.Invest”, “I.Service”, “G.Service” hamda “I.Avalon” nomli MChJlardan o‘rtacha bozor narxi 256,8 ming so‘m bo‘lgan “S.Street Light-100 W” projektorlarini 922,0 ming so‘mdan va o‘rtacha bozor narxi 556,7 ming so‘m bo‘lgan “S.Street Light-200 W” rusumli projektorlarini 1,4 mln so‘mdan xarid qilishgani aniqlangan.  Ular jami 3,6 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar va Karmana tumani “Obodonlashtirish” boshqarmalari mansabdor shaxslari hamda yuqoridagi MChJlarning rahbarlariga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан