Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda yo‘q reysga bilet sotgani aytilmoqda
9.11.2021 08:44,  
117

Qayd etilishicha, 2021 yilning 8 noyabr kuni tushdan keyin Rossiyaning IFly aviakompaniyasi tomonidan Navoiy–Moskva va Navoiy–Sankt-Peterburg yo‘nalishlari bo‘yicha parvoz qilish niyatida 200 nafar yo‘lovchi Navoiy xalqaro aeroportiga kelgan. Biroq bu reyslar jadvalda bo‘lmagan.

Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular aviachiptalarni "Vostok Buxoro" kompaniyasining Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan turli filiallaridan xarid qilgan.

Navoiy aeroporti xodimlari chiptalarni sotgan kompaniya bilan bog‘lanib, yo‘lovchilarga kerakli ma’lumotlarni yetkazishni va vaziyatni bartaraf etishni talab qilgan. Kompaniya vakillari barcha yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarilishini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан