Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda yuk mashinasi bilan dahshatli YTH sodir bo‘ldi
16.06.2020 15:59,  
2438

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Skaniya yuk mashinasi hamda Ford yo‘lovchi tashuvchi transport vositasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 2020 yilning 14 iyun kuni soat 20:40 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududida 4R-48 Zarafshon trakti avtomobil yo‘lining 135 kilometrida haydovchi X.M. (1987 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Skaniya yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib Ford mashinasi bilan to‘qnashgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Oqibatda yuk transport vositasi haydovchisi X.M. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Ford rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.B. (1994 yilda tug‘ilgan) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Mazkur hodisa yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан