Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiydagi sport majmuasi koronavirus bemorlarini taqsimlash punktiga aylantirildi
4.08.2020 16:41,  
90

Navoiy shahridagi «Yoshlar» sport majmuasida pandemiya davrida bemorlarga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 400 o‘rinli tashxislash, saralash, taqsimot punkti faoliyat boshladi.

Navoiy shahar hokimligi tomonidan tibbiy ko‘rik uchun zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan ta’minlangan punktga bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun 44 nafar tibbiyot xodimlari jalb etildi.

Shuningdek, bemorlar uchun 200 ta kislorodli o‘rin tayyorlandi.

Mazkur vaqtinchalik shifo maskaniga tez tibbiy yordam bo‘limiga harorati ko‘tarilib, murojaat etgan bemorlar keltirilib, ularning ahvoli o‘ta og‘ir, og‘ir va yengilligiga qarab saralanadi. Bemorlarning klinik belgilaridan kelib chiqib, ular shifoxonaga yoki uyida davolanish uchun yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан