Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiylik 22 yoshli qiz qarzga tovon sifatida Turkiyaga sotib yuborildi
15.03.2021 15:08,  
721

Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida mudhish jinoyatning izi ochildi. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.M 1998 yilda tug‘ilgan Navoiy shahrilik M.G‘ning ishonchiga kirib, Toshkent shahridagi savdo do‘konlaridan birida ishlatishni va’da berib olib ketadi.

Biroq, berilgan va’dalar va’daligicha qolib, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan nafsi hakalak otgan ayol endigina 22 bahorni qarshilagan qizni 2020 yilning oktyabrida Toshkent Xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga olib chiqib ketadi. Ayon bo‘lishicha Q.M g‘arazli va past maqsadlarni ko‘zlab, ushbu davlatda mavjud qarzi evaziga uni Turkiya davlatida yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «z»bandi (Jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda — deya yozmoqda ’Xalq so‘zi’.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан