Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiylik shifokorlarning koronavirus yuqtirgani rasman tasdiqlandi
3.07.2020 12:01,  
647

So‘nggi kunlarda Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi xodimi S.Ahmadov prezidentga murojaat qilib, o‘zi faoliyat olib borayotgan shifoxonadagi ayrim xodimlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lsada, mas’ullar tomonidan hech qanday chora ko‘rilmaganini aytgan edi.

O‘rganish va surishtiruv ishlariga ko‘ra, haqiqatan ham mazkur tibbiyot muassasasining reanimatsiya bo‘limida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha nafarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilganligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining reanimatsiya bo‘limi karantinga yopilib, huquq tartibot xodimlari tomonidan qo‘riqqa olingan.

Muassasada faoliyat olib borayotgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari, bemorlar hamda ular bilan yaqin muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar umumiy nazoratga olinib, karantin tartiblari qat’iylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан