Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiylik vatandoshimiz O‘zbekiston elchixonasiga 500 ming dollar naqd pul olib kelib berdi – Prezident
4.04.2020 09:21,  
5842

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga tadbirkorlar va saxovatpesha insonlar tomonidan ezgulik yo‘lida katta miqdordagi mablag‘lar ixtiyoriy ravishda tushirib berilayotganini e’tirof etdi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, Navoiy viloyatidagi klasterlardan birining rahbari kuni kecha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga 500 ming dollar naqd pul olib kelgan.

“Bunday insonlarimiz juda ko‘p. Navoiylik vatandoshimiz Moskvada ekan, elchixonaga 500 ming dollar naqd pul olib kelibdi. Xalqimga deb. Mana qanday farzandlarimiz bor”, dedi davlat rahbari.

Bundan avvalroq, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratgani, bu mablag‘ Toshkent viloyatida qurilayotgan shifoxonalarni eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun yo‘naltirilishi xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан