Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nazarboyev Londonda jazoga tortildi
18.10.2019 17:11,  
2651

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning 28 yoshli nevarasi Oysulton Nazarboyev joriy yilning iyunida Londonda politsiyachilarga hujum qilgani uchun shartli jazo oldi.

VVS xabariga ko‘ra, u giyohvand moddalarning ta’sirida politsiyalarga qarshilik ko‘rsatish va ulardan birini tishlab olishda aybdor deb topilgan.

O. Nazarboyevga 18 oylik sinov muddati berildi. Agar u ana shu muddat ichida yana qonunni buzsa, shartli jazo haqiqiyga aylanadi.

Bundan tashqari, Nazarboyev 140 soatlik jamoat ishlariga jalb etiladi va giyohvandlikdan davolanish uchun 20 ta sessiyaga qatnaydi, 1000 funt miqdorida jarima va yetkazilgan zararni qoplash uchun 5000 funt to‘laydi.

Oysulton Nazarboyev Qozog‘istonning birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva va marhum Rohat Aliyevning o‘g‘lidir. U Buyuk Britaniya Qirollik harbiy akademiyasida o‘qigan va Qozog‘iston mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasiga ishga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан