Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Neft mahsulotlari importi va ishlab chiqarilishida yagona aksiz solig‘i stavkasini belgilash rejalashtirilmoqda
27.05.2020 14:49,  
308

Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda aksiz solig‘i stavkalarini bir xillashtirish (unifikatsiya) ustida ishlamoqda. Neft mahsulotlarini import qilish va ishlab chiqarishda yagona stavkani belgilash masalalari ishlab chiqilmoqda, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Hozirda AI-92 rusumli 1 tonna benzin ishlab chiqaruvchilari 250 000,0 so‘m aksiz solig‘ini to‘lasalar, import qiluvchilar ushbu benzin markasining bojxona qiymatining 5% miqdorida aksiz solig‘ini to‘laydilar, bu esa 1 tonna import benzini 240 AQSh dollari qiymatida 121 500 so‘mni tashkil etadi.

Yil boshida narxlar mutlaq jihatidan import va mamlakat ichida to‘langan aksiz solig‘i miqdori bir xil edi.

Xabarda, shuningdek, Energetika vazirligi neft mahsulotlari importiga aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritmaganligi aytilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан