Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Neft narxi 31 dollargacha pastladi — asosiy savdo hamkorlarimizda ahvol yaxshi emas
16.03.2020 17:03,  
532

May oyi fyuchers shartnomalarida Brent bahosidagi neft narxi 16:00 (Toshkent) holatiga ko‘ra 30,66 dollarni tashkil etmoqda. Ayni paytda WTI markali neft narxi esa 6,32 %ga arzonlab, $30,2 dan taklif qilinmoqda.

Shimoliy Yevropaning yirik moliyaviy guruhlaridan biri Nordea Bank tahlilchilari fikricha, moliya bozoridagi qo‘rquv tufayli neft narxi boshqa riskli aktivlar qatori keskin pastlab ketdi.

Dunyoda koronavirusning tarqalishi bilan tobora ko‘proq mamlakatlar odamlar harakatini cheklash, jamoat joylarini yopish va karantin choralarini joriy etishmoqda. Bu iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir qiladi va natijada energiyaga talabning mavhum istiqbol shaklida cheklaydi, deydi bank mutaxassislari.

Neft narxiga bosim, shuningdek, OPEK + kelishuvini bozorda talab va taklif muvozanatini saqlash uchun uzaytirilmasligi bilan izohlanadi. 6 mart kuni OPEK + kelishuvining taraflari ikkinchi chorakda ishlab chiqarish hajmini pasaytirish to‘g‘risida kelisha olmadilar. Natijada, davlatlar 1 apreldan boshlab xom ashyo qazib olish bo‘yicha barcha cheklovlarni butunlay olib tashladilar.

Riskli aktivlar bozorida sotish nuqtai nazaridan, Brent markali neft narxlari kelgusi kunlarda bir barrel uchun 30 dollarga baholanishi mumkin, deya taxmin qilmoqda Nordea Bank mutaxassislari.

Neft narxi iqtisodiyoti u bilan bog‘liq tashqi savdo hamkorlarimizga ham ta’sir qilmay qolmadi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida ikkinchi o‘rinni egallagan Rossiyada bu dushanba ham omadli boshlanmadi. Dollar 75 rublgacha ko‘tarildi, yevro 83 gacha. Rossiya fond indekslari haftani 4 %lik pasayish bilan boshladi.

Qo‘shni Qozog‘iston tashqi savdo aylanmamizda uchinchi o‘rinda. 2019 yilda tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,3 mlrd dollar. Dushanba kuni Qozog‘iston valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar kursi 450 tengegacha ko‘tarildi. Ko‘plab punktlar valyuta savdosini to‘xtatib qo‘ydi. Qozog‘iston valyuta birjasi (KASE)da $1 – 435 tengedan sotilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан