Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Neft narxi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Qozog‘istonda maxsus shtab tuzildi
9.03.2020 19:06,  
352

Qozog‘iston hukumati va Milliy banki (Qozog‘iston Markaziy banki – sof.uz) jahon neft bozoridagi vaziyat va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qo‘shma murojaat qildi.

OPEK + ning neft qazib olishni cheklash bo‘yicha kelishmovchiliklari jahon narxlarining pasayishiga olib keldi. Shunday qilib, 9 mart kuni jahon bozorlarida Brent markali neft 30 foizdan ko‘proq pasayib, barreli uchun 31-33 dollarni tashkil qildi.

«Tashqi bozordagi mavjud vaziyat va Qozog‘iston iqtisodiyotiga ta’siri muntazam ravishda monitoring olib boriladi. Kerakli qarorlarni tezda qabul qilish va amalga oshirish uchun Bosh vazir boshchiligidagi shtab tashkil etildi », - deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, byudjetning ustuvor bo‘lmagan xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Hukumat va mahalliy ijro hokimiyati organlari, ayniqsa ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxlarining asossiz ko‘tarilishining oldini olishga alohida e’tibor beradilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан