Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Neft va gaz sanoatidagi tizimli o‘zgarishlarning birinchi bosqichi yakunlandi
28.11.2019 17:56,  
343

O‘zbekistondagi neft va gaz davlat konserni “O‘zbekneftegaz” AJda tizimli o‘zgarishlarning birinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangilangan “O‘zbekneftegaz” endi faqat neft va gaz qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

“O‘zburg‘uneftegaz”, “O‘zneftqazibchiqarish”, “O‘zneftmahsulot”, “O‘zneftgazmash”lar “O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiritildi.

“O‘ztransgaz” “O‘zbekneftegaz” tarkibidan chiqarildi va tabiiy gazni sotish, sotib olish hamda yetkazib berish bo‘yicha mamlakatdagi yagona operator etib tayinlandi. “O‘zbekneftegaz”ning “O‘ztransgaz”dagi ulushlari davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berildi.

Shuningdek, “O‘ztransgaz”ning hududiy filiallari negizida “Hududgazta’minot” AJ tashkil qilindi va davlat aktivlarini boshqarish agentligi uning aksiyadori etib belgilandi.

Yangilanishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyulidagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388 son qarori bilan amalga oshirildi.

Shuningdek, qarorda “O‘zbekneftegaz”ning asosiy faoliyati doirasiga kirmaydigan bir qator mol-mulklari kompaniya tasarrufidan chiqarilishi ko‘zda tutilgan hamda kompaniya ikkinchi darajali faoliyat turlari bilan shug‘ullanmasligi belgilangan. Jumladan, “O‘zneftmahsulot” AJ tarkibidagi 1381 ta AYoQShlar auksion orqali xususiylashtirilishi; “O‘zbekneftegaz” tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning bozorlar, savdo va chorvachilik komplekslari mahalliy hokimyat organlariga berilishi qaror qilingan edi.

Avvalroq, “O‘zbekneftegaz” AJ kelasi yilda $1 mlrd. hajmida yevrobond chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан