Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega Farg‘ona viloyati g‘alla va paxtada birinchilardan bo‘lmoqda? Sababi nimada?
5.10.2019 16:16,  
2632

Xabaringiz bordir, Prezident farmoni bilan Prokuratura qoshida bir inspeksiya tashkil qilingan edi. Bu inspeksiyaning vazifalaridan biri etib "paxta va don ekinlarining urug‘larini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi" ham kiradi.

Mana shu harakat agrar iqtisodga mo‘ljallangan mamlakatimiz uchun jiddiy ish bo‘lgan edi.

Sabablarini birma-bir ko‘rib chiqamiz. Rishton nima uchun paxtada oxirgi 2 yil davomida mamlakatda birinchilikni egallamoqda? Biz shu paytgacha urug‘ni ekib keyin unga dori berish bilan kuchimizni behudaga sarflayotgandik. Chunki urug‘ning o‘zini yaxshilab tekshirmayotgandik-da.

Viloyatdagi 41 ta paxta punktiga Inspeksiya tomonidan alohida laborantlar qo‘yib chiqildi. Paxtaning sortini maxsus tayinlangan laborantlar tekshirganlarida oldingilarday 2-sort emas, balki 1-sort mahsulot ekanligi aniqlangan.

Keyinchalik urug‘larni laboratoriya qilish boshlandi. Qanchalik sog‘lomligini aniqlash kerak-ku! Urug‘larni tekshirganimizda esa 50 % urug‘ kasal, nimjon bo‘lib chiqdi. Barchasini bekor qilib, sog‘lom urug‘larni qabul qila boshladik.

Hatto virusini tekshirganimizda 90 % virusli urug‘lar ham ekishga topshirilayotgan ekan. Xitoydan keltiriladigan dorilarimiz ham 100 $ lik ta’siri yo‘q dorilar bo‘lib chiqdi. Barchasini Inspeksiya aniqladi va urug‘larni viruslardan o‘ldiradigan dorilar sifatli bo‘la boshladi. Dalalarga ekiladigan urug‘lar 95 % ga sog‘lomlashtirildi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatining bir mavsumdagi bug‘doy rejasi 280 ming tonnani tashkil qiladi. Biz esa 335 ming tonna g‘alla topshirdik. Paxta rejasi esa 20 kunda bajarildi. Farg‘ona viloyatidagi 3 ta tuman bir kunda rejani birinchilardan bo‘lib bajardi.

Endi shuncha ishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, o‘rtoqlar. Bu ishlar ortida havodan pul qiladiganlarning qozoniga bolta urildi. Yetarlicha dushman orttirildi axir. Qishloq xo‘jaligini tushunadigan odamlar biladiki, bu sohada milliardlab pul aylanadi. Zax suvlarni qochirish uchun, misol uchun, oxirgi 3 yilda 12 ming km zovurlar qazilgan bo‘lsa, bular ham pul degani. Zovurlar qo‘l tegdi qilib qazilgan bo‘lsa, yer hosildorligi pasaymaydimi? Bu ishlar nazoratga olindi.

Viloyatda urug‘ yetkazib berishni zimmasiga olgan 300 ta fermer bor. Ularning topshirayotgan urug‘lari nazoratga olindi. Bizga puch, kasal yoki nimjon urug‘lar yetkazishmoqda edi. "Kelishuv" orqali qog‘ozga muhr ham bosilayotgan edi. Bu nayranglar ham o‘tmaydigan bo‘lib qoldi.

Urug‘larni viruslardan tozalaydigan import dorilar sifati nazoratga olindi. Hashakilari emas, urug‘da keyinchalik ham paydo bo‘ladigan kasalliklarini tozalaydigan dorilar keltirilishi nazoratga olindi. O‘xshatmalardan soqqa qilishga barham berildi.

Paxta sortini 1 yoki 2 qilish ham yaxshigina pul. Inspeksiya tomonidan tayinlangan laborantlar bunday aldovlarga chek qo‘yishdi. Bu ham nazoratda. Doim paxtasini 2-sort deb kam pul oladigan dehqon endilikda 1-sortda pulini olmoqda. Bu fermerlarning sun’iy qarzdorligiga barham beradi.

Ko‘rib tuganingizdek, birgina qishloq xo‘jaligi sohasida qancha qing‘ir daromadlar bartaraf qilindi. Albatta, mazzaxo‘raklar bundan tipirchilab qolishadi-da. Poytaxt bilan qanday kelishildi bunisi qorong‘u. Lekin oqibat, mazkur Inspeksiya Prokuraturadan olib qo‘yildi. 2018 yilda tashkil qilingan Inspeksiya 2019 yilda Vazirlar Mahkamasiga olib berildi.

Agar biz rostdan ham mamlakatimizni qishloq xo‘jaligi sohasida rivojlanishiga erishishni istayotgan bo‘lsak, ko‘zbo‘yamachi amaldorlaru, ulardan manfaat ko‘rayotgan hokimlarni o‘ta jiddiy ogohlantirishimiz kerak. Chunki dehqon boy bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан