Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega hech kim Armaniston mushugini pisht demaydi?
25.11.2020 17:40,  
1874

Aholisining 95 foizi musulmon bo‘lgan Iordaniya qirolligi Tog‘li Qorabog‘ urushida Armanistonning yonini olibdi. Bu ham yetmagandek, qirol Abdulla II ibn-al-Husayinning taklifiga ko‘ra, armani prezident Armen Sarkisyan 24 noyabrda Ammanga kelgan. Holbuki, aholisi o‘n milion bo‘lgan Iordaniyada yashaydigan armanilar soni ko‘pi bilan 5 mingni tashkil qiladi, xolos.

"Bu taklif Armaniston uchun eng qiyin kunlarda Iordaniya mamlakatimizga yordam qo‘lini cho‘zganiga guvohlik berib, butun dunyoga, xususan islom olamiga Armaniston yolg‘iz emasligini ko‘rsatadi" degan Sarkisyan.

Tog‘li Qorabog‘dagi achchiq mag‘lubiyat bo‘yicha gapirgan bosqinchi davlat prezidenti urushda yengilish boshqa, lekin mag‘lubiyatdan keyin yana oyoqqa turib, yangi janglarga tayyor bo‘lish boshqaligini aytgan. Bu esa armanilar hali ham dunyodagi kuchli nasroniy davlatlar va u yerlarda yashayatgon boy armani diasporasi yordamiga tayanib, kelajakda yana bosqinchilik urushi qo‘zg‘ashdan tap tortmasligini ko‘rsatadi.

24 noyabrda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ozod qilingan Ag‘dam (Oqtom)dagi salkam vayronaga aylangan tarixiy masjid yonida turib aytgan gaplar Ozarbayjon televideniyesi orqali ko‘rsatildi. Unda janob Aliyev salkam 30 yillik ishg‘ol davrida nufuzli xalqaro tashkilotlar va g‘arb davlatlari armanilar bosib olingan Ozarbayjon yerlarida tarixiy-madaniy yodgorliklarni buzib, qarovsiz qoldirib, masjidlarda cho‘chqa boqib, ozariylar qoldirib ketgan turar-joylarni talab, yag‘molaganiga hech qanday munosabat bildirmaganini ham aytib o‘tdi.

Shu satrlar muallifi ham hozircha Turkiyadan tashqari, boshqa turkiy davlatlar prezidentlari Ozarbayjonni buyuk g‘alaba bilan qutlagani haqida birorta xabarga duch kelgani yo‘q.

Ozariy qardoshlarimiz bosqinchilarni qo‘llab-quvvatlab, armani propagandasiga "ishongan" davlatlar o‘z fikrini o‘zgartirishi uchun katta targ‘ibot ishlari olib borishyapti. Lekin, dunyo siyosatida ikkiyuzlamachilik katta rol o‘ynashi, musulmon davlatlar esa o‘ta tarqoqligi, haqiqay turkiy davlatlar birligi yo‘qligi va boshqa omillarni diqqatga olsak, hali Ozarbayjon kelajakda armanilar qilishi mumkin bo‘lgan katta provokatsiyalarga tayyor turishi taqazo qilinadi. Zero, 44 kunlik Qorabog‘ urushidan keyin, Armaniston hozirdan-oq mayda-chuyda uydirma va ig‘vogarlik ishlarini kuchaytira boshlagani buni isbotlaydi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан