Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda? Karantin talablari yana kuchaytiriladimi?
1.06.2020 17:57,  
1412

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko‘paymoqda?

Javob: Karantin choralari yumshatilganidan so‘ng ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo‘yishdi.

Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.

Savol: Yana karantin joriy qilinadimi?

Javob: Aslida karantin tadbirlari bekor qilingani YO‘Q! Aholi orasida kasallanish sur’ati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkin.

Savol: Nega bizning respublikamizda kasallik yengil o‘tayapti? Qariyb 80% bemor kasallikdan tuzalayotganini sababi nimada?

Javob: Koronavirus infeksiyasi asosan 80% holatda yengil kechadi, 15% holatda o‘rta og‘irlikda va faqat 3-5% holatda og‘ir, ya’ni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi.

Kasallikka chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini beryapti.

Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali ko‘plab o‘rganiladi. Shuning uchun aniq biror to‘xtamga kelishga hali erta.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан