Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega koronavirusga oid o‘limlar bo‘yicha rasmiy statistika kamaytirib ko‘rsatilyapti?
3.08.2020 18:30,  
1211

Bugun bo‘lib o‘tayotgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibullo Oqilov nima uchun koronavirusga oid o‘limlar bo‘yicha rasmiy statistika kamaytirilib ko‘rsatilayotgani, barcha o‘lim holatlari ham aytilmayotgani haqidagi savolga izoh berdi.

“Ilgari qo‘lida hech qanday tahlil (test) natijasi bo‘lmagan bemorlarni Covid-statsionarlarda qabul qilmasdik, ularni oddiy shifoxonalarga yuborar edik. Lekin hozirgi strategiyamiz bo‘yicha tahlil natijasi bo‘lmasa ham, uni kutib o‘tirmasdan xuddi koronavirusga chalinganda qilinadigan davoni olib borish kerakligi haqida buyrug‘imiz bor.

Lekin ming afsus, uyida davolanishga harakat qilib, keyin og‘ir ahvolda olib kelingan bemorlar 1-2 kun yotib, keyin vafot etadigan bo‘lsa va kelgan paytda qo‘lida tahlil (test) natijasi bo‘lmasa, ya’ni klinikada tahlil olinib, tasdiqlanmagan bo‘lsa, ular statistikada koronavirusdan o‘lgan deb hisoblanmaydi, pnevmoniya bo‘lib hisoblanadi. Tahlil natijasi bilan tasdiqlanganlargina koronavirus statistikasiga tushadi. Balki shuning uchun ham tafovut bo‘lishi mumkin”, - dedi Habibullo Oqilov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан