“Nega manga sakravotti” — haydovchi bilan tortishgan “GAI”ga chora qo‘rildi

“Nega manga sakravotti” — haydovchi bilan tortishgan “GAI”ga chora qo‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, YPX xodimi O.Nazirov haydovchiga nisbatan o‘z muddatida bartaraf qilinmagan qarzdorligi bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirish berganligi, lekin o‘zaro muloqot jarayonida haydovchi nosamimiy munosabatda bo‘lgan vaqtda xodim og‘ir, vazmin bo‘lmasdan, muomala madaniyatidan chetga chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, xodim O.Nazirov bilan muomala madaniyatiga rioya qilgan holda haydovchilar bilan muloqotda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, unga hayfsan intizomiy jazosini qo‘llash  bilan chegaralanishi bo‘yicha xulosa qabul qilindi.